22:39 / 31.10.2020
3 097

O‘zbekistonda niqob taqish talabi nega saqlanib qolmoqda?

O‘zbekistonda niqob taqish talabi nega saqlanib qolmoqda?
O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorlashmaguncha niqob taqish shart. Bu haqda O‘zbekistonda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova 31 oktabr kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda aytib o‘tdi.

Mutaxassis «Ba’zi davlatlar ko‘chada niqob taqishni olib tashladilar. Niqoblar infeksiya yuqishidan 100 foiz himoya qila olmasligini barchamiz bilamiz. Nima uchun bizda niqob taqish shart?», degan savolga atroflicha javob bergan.

- "Ba’zi davlatlarda niqob taqish butunlay bekor qilingani yo‘q. Transportda, bozorlar, do‘konlar va boshqa aholi to‘planadigan joylarda niqob taqish talabi saqlanib qolgan. Faqatgina ko‘chada yurganda ijtimoiy masofa saqlagan holda niqobsiz yurish tavsiya etilgan. Har bir davlat kasallik profilaktikasiga qaratilgan o‘zining tartibini belgilaydi va amalga oshiradi. Salomatlikni baholash va ko‘rsatkichlar instituti (IHME) olimlarining aniqlashicha, tibbiy niqoblardan foydalanish birgina AQSHning o‘zida 130 mingga yaqin kishining hayotini asrab qoladi", - deydi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova.

Barno Abdusamatova COVID-19’ni jilovlashning boshqa choralari, jumladan, ijtimoiy masofa ham bu qadar katta foyda bermasligi va Nature Medicine (tabiat tibbiyoti) jurnali maqolasida 2021 yilning fevral oyi oxirlariga kelib vafot etganlar soni ikki barobarga ortib, 511 ming kishiga yetishi mumkin, degan taxminlar borligini bildirgan. Tadqiqotchilar fikricha, niqob taqish ko‘rsatkichi 85 foizni tashkil etsa, 95 mingdan ziyod kishining hayoti saqlab qolishi, niqoblar SARS-CoV-2 kabi respirator viruslar yuqishining oldini olishi va COVID-19 tarqalishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

«Hali davosi topilmagan, keyinchalik qanday asoratlar qoldirishi, yuqtirilgandan so‘ng yana qaytalanmasligi shubha ostida bo‘lgan, qarshisida butun dunyo tibbiyoti ojiz turgan kasallikka qarshi yagona samarali chora hisoblangan sanitariya qoidalariga amal qilmaslik, tibbiyot niqoblarni taqmaslik uchun qanchalik beparvo bo‘lish kerak?! Karantin qoidalari yumshatilgani odamlarni xotirjamlikka emas, aksincha sergaklikka chorlashi kerak», — deydi shtab a’zosi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashgani sababli 10 iyuldan 1 avgustgacha mamlakatda qat’iy karantin choralari joriy qilingan edi. Keyinroq karantin cheklovlari 15 avgustga qadar uzaytirildi. 15 avgustdan so‘ng cheklovlar yumshatilgani bilan fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofa (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda bo‘lish talabi ham boshqa qator talablar bilan birga saqlanib qoldi. Bunda ular tomonidan sanitar talablar buzilgan taqdirda qat’iy choralar (jarimaga tortish) ko‘rilishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda niqob taqish talabi nega saqlanib qolmoqda?