Respublika Gidrometeorologiya markazi noyabr oyida kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Noyabr — kuzning oxirgi oyi va u odatda, haroratning keskin o‘zgarishlari bilan ajralib turadi. Noyabr oyining o‘rtacha harorati oktabrga nisbatan 5-7 daraja pastdir. Bu oyda yog‘ingarchilik ham ko‘proq kuzatiladi, ko‘proq davom etib, kuchliroq bo‘ladi. Noyabrda yomg‘irning qorga aylanish holatlari takrorlanib turadi. Tog‘li tumanlarda ayrim joylarda qor qoplami hosil bo‘lsada, ko‘pincha u beqaror bo‘ladi.
Butun kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yillarda noyabr oyida harorat, odatda, oyning birinchi yarmida 27-32 darajagacha, janubda 34 darajagacha ko‘tarilgan.
O‘tgan asrning o‘rtasigacha eng sovuq noyabrlarda harorat 13-18 daraja sovuqqacha, hatto undan ham past, shimolda 22-27 daraja sovuqqacha pasaygan.
Lekin so‘nggi 50 yil ichida respublika hududida noyabrda bunday sovuqlar kuzatilmayapti. Kamdan-kam holatlarda tunda harorat 4-6 daraja sovuqqa, shimolda 13-16 daraja sovuqqacha tushadi. Faqat 2016 yil noyabrining oxirgi o‘n kunligida harorat 8-13 daraja sovuq, shimolda 20-22 daraja sovuq bo‘lgan.
O‘zgidrometning jahon ob-havo markazlari ma’lumotlaridan foydalanib tayyorlangan dastlabki baholariga ko‘ra bu yilgi noyabr ham harorat rejimi, ham yog‘ingarchilik rejimi bo‘yicha me’rlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.
Noyabrning deyarli butun birinchi haftasi davomida O‘zbekistonda ob-havo kam bulutli bo‘ladi. Dam olish kunlarida bulutlilik ortadi, biroq quruq havo keyingi haftaning boshigacha saqlanib turadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
Keyinchalik issiq to‘lqinlar sovuq to‘lqinlar bilan almashib turadi, harorat kechasi 5-8 daraja iliqdan 0-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 17-20 daraja issiqdan 3-6 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”