Shahrisabzda Shayboniylar davriga tegishli kumush tangalar topildi

O‘zbekiston1 daqiqa o'qish7.8K
Shahrisabzda Shayboniylar davriga tegishli kumush tangalar topildi
Shahrisabzda Shayboniylar davriga tegishli kumush tangalar topildi

Qashqadaryoning Shahrisabz shahri qadimiy qismidagi qurilish ishlari davomida ishchilar Shayboniylar hukmronligi davriga tegishli tangalardan iborat xazinani topib oldi, deya xabar bermoqda «Pravda Vostoka».

Hukumatning «Shahrisabz shahrini obodonlashtirish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha kompleks tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qarori bilan Qashqadaryo viloyatida Amir Temur maydoni hamda kelajakda Oqsaroy, Dorut-tilovat va Dorus saodat majmualarini birlashtiruvchi xiyobonda ta’mirlash ishlari bormoqda.

Shaharning shu qismida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari davomida o‘tgan yilning oxirida umumiy og‘irligi 281 grammga teng 61 ta kumush tangadan iborat xazina topilgan.

Mahalliy muzey mutaxassislari izlanish olib borib, ularning XVI asrning birinchi choragida — Shayboniylar davlatining Shayboniyxon va boshqa hukmdorlari davrida zarb etilganini aniqladi.

Manba: www.daryo.uz

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?