3 566
Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat qilganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi olib tashlanmoqda
Bugun Qonunchlik palatasi majlisida Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar bermoqda.
Qonun loyihasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat qilganlik uchun mavjud bo‘lgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi bekor qilinib, o‘rniga jarima yoki majburiy jamoat ishi jazosi qo‘shilmoqda.
Shuningdek, qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga va Jinoyat kodeksiga yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Pornografik mahsulotlarni tarqatish va shavqatsizlikni targ‘ib qilganlik uchun ham jarima miqdorlari oshirilmoqda.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi deputatlar tashabbusi bilan kiritilgan. Qonun loyihasi Senatga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Milliy mass-media fondi tuhmat va haqorat uchun jinoiy javobgarlikni yengillashtirish bo‘yicha takliflar bilan chiqqandi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi esa tegishli qonun loyihasini taqdim etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”