Foto: Mudofaa vazirligi
AQSHdagi xususiy Global Firepower tashkiloti tomonidan an’anaviy ravishda har yili e’lon qilinadigan dunyoning eng kuchli armiyalari ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston 139 ta davlat orasidan 51-o‘rinni egalladi.
«Gazeta.uz»ning reytingga tayanib yozishicha, O‘zbekiston armiyasining 420 tanki, 1215 ta zirhli transport vositasi mavjud. O‘zbekiston havo hujumidan mudofaa tizimida jami 194 ta parvoz texnikasi mavjud bo‘lsa, ularning 66 tasi hujumchi, 18 tasi transport, 7 ta mashg‘ulot samolyoti bo‘lsa, 89 ta vertolyoti (33 tasi hujumkor) bor.
Reytingda O‘zbekiston aholisining soni 30 million 565 ming kishi deb keltirilgan (1 yanvardagi aholi soni rasmiy ma’lumotlarda 34,5 mln kishi ko‘rsatilgan). Shundan 15,894 million kishi mehnatga, 13,35 million kishi harbiy xizmatga layoqatli deb ko‘rsatilgan. O‘zbekiston armiyasining muntazam harbiylari soni esa 70 ming nafarni tashkil etishi aytilgan.
Global Firepower O‘zbekistonning yillik mudofaa budjeti 15 milliard dollarga tengligini va bu ko‘rsatkich bo‘yicha 139 davlat orasida 18-o‘rinda ekani qayd etilgan. Mamlakatning tashqi qarzi 16 milliard dollarni tashkil etadi.
Reytingning ilk uchta o‘rnini AQSH, Rossiya va Xitoy egalladi. Shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan Hindiston, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Turkiya va Germaniya o‘rin olgan.
Global Firepower reytinggi 55 ta ko‘rsatkich inobatga olingan holda tuziladi. Reytingni tuzishda geografik omillar, tabiiy zaxiralar, moliyaviy barqarorlik va mahalliy sanoatning rivojlangani ham ahamiyatga ega. Armiyalarning qudratliligini baholashda yadro quroli borligi, dengizga chiqishga ega bo‘lmagan davlatlarda flot yo‘qligi hisobga olinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston armiyasi ushbu reytingda 2019 yili 48-o‘rinni, 2018 yilda — 39-o‘rinni egallagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”