19:06 / 20.02.2021
1 508

Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida nutq so‘zlaydi

Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida nutq so‘zlaydi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 fevral kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 46-sessiyasining yuqori darajadagi segmenti ishida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Inson huquqlari bo‘yicha kengash faoliyati butun dunyo bo‘ylab inson huquqlari himoyasini ta’minlashga qaratilgan BMT tizimidagi eng nufuzli hukumatlararo organlardan biri hisoblanadi.

Kengashga 47 ta davlat a’zo. 2020 yil oktabr oyida O‘zbekiston 2021–2023 yillar davriga ushbu tuzilma a’zosi etib ilk bor saylangandi.
Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan kengashning navbatdagi yig‘ilishi Jeneva shahrida videoanjuman shaklida o‘tkaziladi.

Yig‘ilish kun tartibidan inson huquqlariga rioya etilishi va ularni himoya qilish, shu jumladan, fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash bilan bog‘liq eng dolzarb masalalar o‘rin olgan.

Tadbirda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar Mishel Bachelet, qariyb 150 mamlakatdan davlat, hukumat rahbarlari, tashqi ishlar vazirlari va yuqori darajadagi vakillar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Prezidenti forumning birinchi kunida, uning yalpi qismida nutq so‘zlaydi.

Davlat rahbari o‘z nutqida mamlakatda demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha kengash doirasidagi ishlarning asosiy vazifalariga batafsil to‘xtaladi.

O‘zbekiston Prezidenti nutqining to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasi mamlakatning markaziy telekanallarida ham amalga oshiriladi.

Bundan avval Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning yanada rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan uchta asosiy muammoni aytgani hamda O‘zbekistonda sun’iy intellektni joriy etishni jadallashtirishga oid hujjatni imzolagani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida nutq so‘zlaydi