Ushbu haftaning ish kunlari oxirida O‘zbekiston hududi Rossiyaning Yevropa hududi orqali kirib kelgan juda sovuq havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.
«O‘zgidromet» xabarida aytilishicha, kechasi va ertalab havo harorati 10-12 daraja sovuqqacha pasaydi. Qoraqalpog‘istonda 20-22 daraja sovuq, Ustyurtda 23-25 daraja sovuq bo‘ldi. Kunduz kunlari harorat 4-6 daraja sovuqdan yuqoriga ko‘tarilmadi, shimolda harorat 8-10 daraja sovuq atrofida bo‘ldi. Bunday harorat me’yoriy qiymatlardan 12-17 darajaga past bo‘ldi.
Bugundan boshlab sovuq havo massalari respublika hududidan chiqishni boshladi. Uning o‘rniga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massalari kirib kelmoqda.
Dam olish kunlari havoning ilishi davom etadi. Yakshanba kuniga kelib, kechasi 3-5 daraja sovuqqacha kuchsizlanadi, kunduz kunlari esa 7-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Ammo bu fevral oyining oxiridagi iqliåmiy me’yorlardan biroz pastroqdir.
Respublika hududining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi