Gidrometeorologiya markazi kelayotgan dam olish kunlarida kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Ushbu haftaning ish kunlari oxirida O‘zbekiston hududi Rossiyaning Yevropa hududi orqali kirib kelgan juda sovuq havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.
Kechasi va ertalb havo harorati 10-12° sovuqgacha pasaydi. Qoraqalpog‘istonda 20-22° sovuq, Ustyurtda 23-25° sovuq bo‘ldi. Kunduz kunlari harorat 4-6° sovuqdan yuqoriga ko‘tarilmadi, shimolda harorat 8-10° sovuq atrofida bo‘ldi. Bunday harorat me’yoriy qiymatlardan 12-17° past bo‘ldi.
Bugundan boshlab sovuq havo massalari respublikamiz hududidan chiqishni boshladi. Uning o‘rniga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massalari kirib kelmoqda.
Dam olish kunlari havoning ilishi davom etadi. Yakshanba kuniga kelib, kechasi 3-5° sovuqgacha kuchsizlanadi, kunduz kunlari esa 7-12° iliqgacha ko‘tariladi. Ammo bu fevral oyining oxiridagi iqlimiy me’yorlardan biroz pastroqdir.
Respublika hududining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”