13:55 / 11.03.2021
3 229

O‘zbekistonda 12 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

O‘zbekistonda 12 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
«O‘zgidromet» 12 mart, juma kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja, kunduzi 19-21 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim hududlarda 17-22 metr/sekundgacha, ba’zi joylarda esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 12 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi