14:25 / 16.03.2021
4 067

Shavkat Mirziyoyev yangi qonunga imzo chekdi

Shavkat Mirziyoyev yangi qonunga imzo chekdi
«Ekologik audit to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–678-son, 15.03.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga ko‘ra, ekologik audit ekologik auditorlik tashkiloti va ekologik audit buyurtmachisi o‘rtasida tuziladigan, ekologik audit o‘tkazish muddatlari va boshqa shartlari belgilanadigan shartnoma asosida o‘tkaziladi.

Ekologik audit sub’ektining faoliyati tegishli normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan bir yil davomida tekshirilmaydi.

Ekologik audit ixtiyoriy yoki majburiy shaklda o‘tkazilishi mumkin.

Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish xavfi kam bo‘lgan yoki unchalik kam bo‘lmagan (lokal ta’sirga ega) ekologik audit sub’ektlarining faoliyatiga nisbatan ekologik audit ixtiyoriy tartibda o‘tkaziladi.

Atrof-muhitga yuqori va o‘rtacha ta’sir ko‘rsatish xavfiga ega bo‘lgan ekologik audit sub’ektlari har yilgi majburiy ekologik auditdan o‘tkazilishi lozim.

Qonunga ko‘ra, ekologik auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirish chog‘ida mustaqildir.

Ekologik auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma faqat ekologik auditorlik tashkilotining fuqarolik javobgarligi sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan taqdirda tuziladi.

Ekologik auditorlik tashkilotlari Davlat xizmatlari agentligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Ekologik auditorlik tashkilotlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev yangi qonunga imzo chekdi