
Respublika Gidrometeorologiya xizmati ushbu haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bugun O‘zbekiston hududiga deyarli salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, buning natijasida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 15-20° iliqdan yuqori bo‘lmaydi.
24-25 martda salqin havo massalari mamlakatimiz hududlaridan chiqib ketadi, uning o‘rniga janubiy hududlardan iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi, bu kunlarda yog‘ingarchilik ehtimoli kam bo‘ladi, havo harorati kechalari 8-13° iliq, kunduz kunlari 20-25° iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
26-27 martda respublikamizga Kavkaz hududlaridan bulutli massivlar kirib keladi, buning hisobiga ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechalari 8-13° iliq, kunduz kunlari 17-22° iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Ba’zi joylarda ayrim kunlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar