09:30 / 30.03.2021
2 418

O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash qaysi hududlardan boshlanishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash qaysi hududlardan boshlanishi ma’lum qilindi
Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 2021 yil 1 apreldan boshlanadi. Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ushbu emlash tadbirlari qaysi hududlardan boshlanishiga aniqlik kiritdi.

«Emlash tadbirlari aprel oyida viloyatlar markazlari va katta shaharlarda boshlanadi, may oyida esa tuman markazlari va kichik shaharlarda amalga oshiriladi. Iyun oyida esa boshqa aholi qatlami emlanadi» — degan u 29 mart kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda.

Nurmat Otabekov emlash jarayoni nega aynan bunday ketma-ketlik bilan belgilanganiga ham izoh berib o‘tgan. «Koronavirus yangi kasallik bo‘lgani, unga qarshi ishlatiladigan vaksina ham yangi hisoblanganligi uchun nufuzi yuqori bo‘lgan davolash-profilaktika muassasalari borligidan kelib chiqib, ularning ishtirokiga ehtiyoj bo‘ladigan bo‘lsa, bu muassasalarning yaqinligidan kelib chiqib, aynan mana shu ketma-ketlik belgilangan», — degan u.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda bugungi kunda 1 million 660 ming doza vaksina bor. Ularning 660 ming dozasi COVAX jamg‘armasi tomonidan olib kelingan AstraZeneca vaksinasi, 1 million dozasi O‘zbekiston–Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi.

Aholini ushbu vaksinalar bilan emlash bir paytning o‘zida amalga oshiriladi. Bunda emlanuvchi birinchi emlanishni qaysi vaksina bilan boshlasa, ikkinchisini ham aynan o‘sha vaksina bilan yakunlaydi. AstraZeneca vaksinasi bilan 2 marotaba, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan 3 marotaba emlash ko‘zda tutilmoqda. Ya’ni, vaksinatsiya ikki xil vaksinada ikki xil amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash qaysi hududlardan boshlanishi ma’lum qilindi