17:00 / 30.03.2021
2 221

Shavkat Mirziyoyev: «Endi O‘zbekiston Vengriyaning yaqin do‘sti»

Shavkat Mirziyoyev: «Endi O‘zbekiston Vengriyaning yaqin do‘sti»
Ko‘ksaroy qarorgohida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban tashrifi munosabati bilan qabul marosimlari bo‘lib o‘tmoqda. Davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvidan so‘ng tadbir kengaytirilgan formatda davom etyapti.

Kun.uz xabariga ko‘ra, unda ilk so‘zni olgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlarda yuzaga kelgan holatni yuqori baholadi.

Vengriya ham, O‘zbekiston ham o‘tgan asrning 80-yillariga qadar sotsialistik tuzumda yashagan. Vengriyaning tarixan qisqa muddat ichida demokratiya va bozor tamoyillariga asosan rivojlangani tahsinga loyiq.

So‘nggi yillarda o‘zaro savdo ayriboshlash hajmi uch barobar oshdi. Maqsadimiz - mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo muvozanatini tiklash, o‘zaro savdo hajmini hozirgi ko‘rsatkichlardan ikki-uch barobarga oshirish. Vengriyaga to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berish, o‘z navbatida, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishga tayyormiz. Budapesht shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochilishi bu borada dadil qadam bo‘ladi.

Qishloq xo‘jaligi hamkorligimizning istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. Bu yo‘lda Yuqori Chirchiq tumanida kartoshka urug‘chiligi yetishtirish loyihasi bilan bevosita tanishamiz. Hududlararo aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha tegishli kelishuvlarni imzolaymiz. Jizzax va Samarqand hududida Vengriya tajribasini qo‘llash uchun malakali ekspertlarni olib kelganingizni olqishlaymiz.

Shuningdek, gumanitar va ta’lim sohasida hamkorlikni kuchaytiramiz. Joriy yilda Vengriya OTMlarida o‘zbekistonlik talabalar uchun yuzdan ortiq o‘rinlar grant asosida ajratilgani uchun tashakkur aytaman. Bugun O‘zbekistonda Debretsen universiteti ochilishiga oid hujjatlarni imzolaymiz.

Shu bilan birga, futbolni rivojlantirishda Vengriya bilan keng hamkorlik qilamiz
”, – dedi prezident.

Shundan so‘ng, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban so‘z oldi:
Mehmondo‘stlikdan minnatdorman. Biz bu yerga katta umidlar bilan keldik. Albatta pul, iqtisodiyot muhim. Lekin biz uchun O‘zbekistondagi madaniyat yanada ahamiyatli.

Biz Yevropada juda qiziq holatdamiz. O‘ziga xos orol maqomidamiz, do‘stlar ham, begonalar ham yo‘q. Chunki biz o‘ziga xos tarixga egamiz. Masofalarga, biz xristianlar, sizlar musulmon bo‘lganingizga qaramay, biz sizlarni do‘st hisoblaymiz.

Bizning ortimizda og‘ir 30 yil o‘tdi. Oxirgi 32 yilda men 16 yil davlat rahbari sifatida, 16 yil davlat rahbariga muxolif sifatida yashadim. Bizda o‘tish davrining tajribasi bor. Biz ham xususiylashtirish, bozor munosabatlariga o‘tish murakkabliklarini boshdan kechirganmiz.

Vengriya bugun rivojlangan davlat sifatida o‘z tajribalari, bilimi bilan o‘rtoqlashishga tayyor. Barcha muhim mavzular haqida siz so‘zlab o‘tdingiz. Biz bugun strategik hamkorlik haqida hujjatlar imzolaymiz.

Sizlar bank islohotlaringizga Vengriyaning barcha yirik banklarini jalb qilmoqchisiz. Shuningdek, atom sohasida Vengriya tajribasi bilan o‘rtoqlashishimiz mumkin.

Universitetlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik, har yili yuzdan ortiq talabalarga ta’lim berish bizni mamnun qiladi
”, dedi Vengriya bosh vaziri.

Shavkat Mirziyoyev Viktor Orbanning bu so‘zlariga javoban shunday dedi: “Siz Yevropadagi o‘ziga xos orolmiz, do‘stlarimiz ham, begonalar ham yo‘q, dedingiz. Aytish mumkinki, endi O‘zbekiston Vengriyaning yaqin do‘sti”, – dedi prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev: «Endi O‘zbekiston Vengriyaning yaqin do‘sti»