Snoptiklarning prognozlariga ko‘ra aprel oyi iliq bo‘ladi. 5 apreldan boshlab, oyning o‘rtasigacha Respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.
Havo harorati kechalari 6-11° iliq, kunduz kunlari 19-24° iliq atrofida bo‘ladi. Respublikaning shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida oyning birinchi o‘n kunligida havo harorati kunduz kunlari 26-29° gacha ko‘tariladi.
Oyning ikkinchi o‘n kunligida harorat kechalari 10-15° iliq atrofida, kunduz kunlari esa harorat 20-25° iliqdan 25-30° gacha o‘zgarib turadi.
Umuman olganda, joriy yilning aprel oyida yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda, ammo ba’zi kunlarda shiddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kuchli toshqin yomg‘irlar Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel toshqinlarni vujudga keltirishi mumkin, baland tog‘larda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?