16:48 / 07.04.2021
3 708

Aprel oyida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Aprel oyida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
Snoptiklarning prognozlariga ko‘ra aprel oyi iliq bo‘ladi. 5 apreldan boshlab, oyning o‘rtasigacha Respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.

Havo harorati kechalari 6-11° iliq, kunduz kunlari 19-24° iliq atrofida bo‘ladi. Respublikaning shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida oyning birinchi o‘n kunligida havo harorati kunduz kunlari 26-29° gacha ko‘tariladi.

Oyning ikkinchi o‘n kunligida harorat kechalari 10-15° iliq atrofida, kunduz kunlari esa harorat 20-25° iliqdan 25-30° gacha o‘zgarib turadi.

Umuman olganda, joriy yilning aprel oyida yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda, ammo ba’zi kunlarda shiddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kuchli toshqin yomg‘irlar Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel toshqinlarni vujudga keltirishi mumkin, baland tog‘larda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Aprel oyida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?