2 442
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi sanasi epidemiologik vaziyatga bog‘liqligi ma’lum qilindi
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga rasmiy tashrifi sanasi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga borib taqaladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov 9 aprel kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
«Joriy yilda epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib Prezidentimizning Rossiyaga rasmiy tashrifini tashkil etish rejalashtirilmoqda, bo‘lajak muzokaralarga tomonlar juda puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda», — degan Sherzod Asadov.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2021 yilda Rossiyaga davlat tashrifi bilan borishi haqida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning 21 dekabr kuni rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuvida aytib o‘tilgan edi. O‘zbekiston Prezidenti Rossiyada oxirgi marta 2020 yil 23 iyun kuni amaliy tashrif bilan borgan edi. Prezident 24 iyun kuni Moskvada o‘tkazilgan G‘alaba paradida ham ishtirok etgandi.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 2021 yil 4 fevral kuni Olmaotada o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovga O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifi bilan Rossiyaga kelishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani, imzolash uchun bir qator hujjatlar to‘plami ishlab chiqilishi, mazmunga boy dastur tayyorlanishini aytgandi.
Rossiya TIV matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga navbatdagi tashrifi davomida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 30 ga yaqin hujjat imzolanishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!