Joriy yil 9 aprel kuni “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi. Besh muhim tashabbusi doirasida o‘tkazilgan tanlovda 300 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Har bir hududdan 3ta yosh toifasi bo‘yicha bir nafardan, jami 42 nafar g‘olib respublika final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Tanlovning respublika bosqichi televizion tarzda o‘tkazildi. Shartlar yakuniga ko‘ra 10-14 yoshlilar o‘rtasida 1-o‘ringa Farg‘ona viloyatidan Muhammadfozil Ismoilov munosib topildi. Bu yosh toifasida 2-o‘rin qoraqalpog‘istonlik Aynura Alimjonovaga, 3-o‘rin xorazmlik Javohir Karimovga nasib etdi.
15-19 yoshlilar o‘rtasida 1-o‘rinni Toshkent shahridan Maftuna Umarova qo‘lga kiritdi, keyingi o‘rinlarda qashqadaryolik Munisa Norqobilova hamda Andijon viloyatidan kelgan Dilnavoz Hayitahmatovani ko‘rish mumkin.
20-30 yoshli ishtirokchilar orasida andijonlik Fotima Mamtaliyeva, 2-o‘rinda buxorolik Shamshoda Hamdamova, 3-o‘rinda surxondaryolik Sanjar Shotemirovlar e’lon qilindi.
Har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblarga 1-o‘ringa “Spark” avtomashinasi, 2-o‘ringa 30 million so‘mdan, 3-o‘ringa esa 15 million so‘mdan pul mukofoti topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 5-9 aprel kunlari “Kitobxonlik haftaligi” bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?