3 546
O‘zbekistonda agroklasterlar tizimini jadal rivojlantirishga xizmat qiluvchi qonun va hukumat qarori qabul qilinishi kutilmoqda
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun butun dunyoda oziq ovqat xavfsizligini ta’minlash eng dolzarb masalaga aylandi. Ayni paytda qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish, qishloq ahlining turmush sharoitini yanada yaxshilash, manfaatdorligini ta’minlash masalalari bevosita qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning zamonaviy usuli — klasterlar tizimi bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda ham, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymatlar zanjirini yaratish, tabiiy va moddiy resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida klaster usuli keng tatbiq etilmoqda. Xususan, hozirgi kunda qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlarida 462 ta agrosanoat klasteri (2,2 million gektar yerlarda) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi mutaxassislarining e’tirof etishicha, o‘tgan qisqa vaqtda ushbu tizim o‘zini har tomonlama oqlaganligi erishilayotgan natijalarda yaqqol nomoyon bo‘lmoqda. Lekin, o‘tgan davrdagi tajriba huquqiy jihatdan tartibga solish borasida qator masalalar borligini ham ko‘rsatdi.
Jumladan:
- agrosanoat klasterining huquqiy maqomi belgilanmagan (misol uchun, normativ-huquqiy hujjatlarda agrosanoat klasterining maqomi, uning mezonlari va tugatish asoslari mavjud emas);
- agrosanoat klasterlarini tashkil etish yuzasidan yagona yondashuv mavjud emas;
- agrosanoat klasterlari va davlat o‘rtasidagi munosabatlar qonuniy tartibga solinishi lozim;
- fermer xo‘jaliklarini agrosanoat klasterlari bilan erkin ishlashini ta’minlash maqsadga muvofiq;
- agrosanoat klasterlariga yer uchastkalarini ajratishda yagona yondashuv bo‘lishi lozim;
- agrosanoat klasterlari va fermerlar faoliyatiga ma’muriy aralashuvlarni to‘liq cheklash;
- agroklasterlarning rivojlanishiga asosiy turtki bo‘ladigan qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalarini shakllantirish tizimining mavjud emasligi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Xorijiy tajribalarga e’tibor qaratsak, AQSH, Kanada, Yaponiya, Xitoy, Yevropa mamlakatlari tajribasida agrosanoat klasterlari faoliyati qonun (normativ-huquqiy hujjat) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan. Mazkur munosabatlar fuqarolik huquqiy munosabatlar asosida, jumladan sheriklik shartnomasi, kooperatsiyaga birlashishi orqali amalga oshiriladi.
Xalqaro tajribadan kelib chiqib, agroklasterlar va kooperatsiya munosbatlarini huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, sohaning yetuk mutaxassilari, olimlar, amaliyotchilar va ekspertlarni jalb qilgan holda «Qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Qonun loyihasi 2021 yil 3 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi. Bugungi kunda, qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari, ekspertlar va soha mutaxassislari tomonidan bildirilgan takliflar asosida ikkinchi o‘qishga tayyorlandi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
«Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarni shakllantirishning huquqiy asosini yaratish, kooperativlar faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, xo‘jalik sub’ektlari uchun munosabatlarni huquqiy tartibga solishga yordam beradi.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi orqali qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini tartibga soluvchi normalarni yagona hujjatda unifikatsiya qilish va tizimlashtirish, ushbu sohasidagi munosabatlarni kompleks huquqiy tartibga solish, qonun hujjatlaridagi ziddiyatlar va bo‘shliqlarni bartaraf etishga erishiladi.
Qonun loyihasi yirik kooperatsiyalarni tashkil etish, ular faoiyatini muvofiqlashtirish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, moliyalashtirish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlarni qo‘llash masalalarini ko‘zda tutadi. Aynan, qishloq xo‘jalagi kooperatsiyalari tashkil etilishi, ularga ishlab chiqaruvchi, xizmat ko‘rsatvchi, tayyorlovchi va ta’minot korxonalarining birlashishi qishloq xo‘jaligida klaster tizimining jadal rivojlanishiga turtki bo‘ladi.
Shundan kelib chiqqan holda, «Agrosanoat klasterlari maqomi va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ham ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan kelishilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Qaror loyihasida agrosanoat klasterlari maqomi va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutilmoqda. Jumladan, ushbu qaror bilan:
- agrosanoat klasterining huquqiy maqomi belgilanmoqda («agrosanoat klasteri — bu, bir yoki bir necha yuridik va jismoniy shaxslar guruhi tomonidan zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni ilmiy, innovatsion usullar asosida amalga oshiriladigan faoliyat shakli»);
- agrosanoat klasteri faoliyati uchun yer uchastkalari 30 yildan 50 yilgacha muddatga ijara huquqi asosida zaxira yerlar, bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, qayta tiklanadigan va foydalanishga kiritiladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan qonunchilikda belgilangan tartibda ajratilishi nazarda tutilmoqda;
- agrosanoat klasterlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash shakllarini belgilanmoqda;
- agrosanoat klasterlari faoliyatini monitoring qilish Qishloq xo‘jaligi vazirligi zimmasiga yuklangan holda, uning mexanizmlari belgilanmoqda;
- agrosanoat klasteri maqomini bekor qilish, ajratilgan yer ijara huquqini bekor qilish faqat sud qarori asosida amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
«Ushbu huquqiy asoslarning qabul qilinishi, mazkur tizimni jadal rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini keng joriy etish, investitsiyalarni faol jalb qilish, qayta ishlash va eksport infratuzilmasini rivojlantirish, fermer va dehqonlarning daromadini yanada oshirish, qishloq hududlarida yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi», — deydi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?