00:30 / 24.05.2021
2 784

O‘zbekistonda 24-may kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin


“O‘zgidromet” 24-may, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. Unga ko'ra:

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18—20 daraja iliq, kunduzi 30—32 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston hamda Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17—22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17—22 daraja iliq, kunduzi 34—39 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17—22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17—22 daraja iliq, kunduzi 34—39 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17—22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15—20 daraja iliq, kunduzi 29—34 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17—22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17—22 daraja iliq, kunduzi 33—38 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17—22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14—19 daraja iliq, kunduzi 25—30 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17—22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7—12 daraja, kunduzi 20—25 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 24-may kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin