1 916
O‘zbekistonda bir kunda 789 kishida koronavirus aniqlandi — bu pandemiya boshidan beri qayd etilgan mutlaq antirekord
O‘zbekistonda 26-iyul kuni 789 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi — bu mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon kunlik kasallanish bo‘yicha 2021-yilning eng yuqori ko‘rsatkichidir. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga ko‘ra, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlangan shaxslar soni 125 784 nafarga yetgan.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 75 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 23 nafari Andijon viloyatida,
- 16 nafari Buxoro viloyatida,
- 79 nafari Jizzax viloyatida,
- 25 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 16 nafari Navoiy viloyatida,
- 32 nafari Namangan viloyatida,
- 78 nafari Samarqand viloyatida,
- 25 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 89 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 72 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 42 nafari Xorazm viloyatida,
- 105 nafari Toshkent viloyatida,
- 112 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, 26-iyulda kun davomida 521 kishida pnevmoniya aniqlandi (taqqoslash uchun, 25-iyul kuni 482 kishida, 24-iyul kuni 494 kishida, 25-iyul kuni 507 kishida (yil antirekordi) pnevmoniya tasdiqlangan edi).
Foto: SSV matbuot xizmati
Shuningdek, 26-iyulda kun davomida Qoraqalpog‘istonda 92 nafar, Andijonda 98 nafar, Buxoroda 33 nafar, Jizzaxda 104 nafar, Qashqadaryoda 22 nafar, Navoiyda 10 nafar, Namanganda 20 nafar, Samarqandda 120 nafar, Sirdaryoda 28 nafar, Surxondaryoda 72 nafar, Farg‘onada 65 nafar, Xorazm 40 nafar, Toshkent viloyatida 61 nafar, Toshkent shahrida 106 nafar bemor — mamlakat bo‘yicha jami 871 nafar bemor tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 120 320 nafarga (kasallikka chalingani rasman qayd etilganlarning 95 foizi) yetdi.
“Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 845 nafarni tashkil qildi”, — deyiladi SSV xabarida. 26-iyul yakunlariga ko‘ra, mamlakat kasalxonalarida davolanayotgan bemorlar soni 4619 nafarni tashkil etmoqda — bu 25-iyuldagi davolanayotgan bemorlar sonidan 88 nafarga kam. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi