08:00 / 28.07.2021
2 133

O‘zbekistonda 2021 yil boshidan buyon 10,6 ming kishi doimiy yashash uchun boshqa davlatlarga ko‘chib ketdi


O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar—iyun oylarida 10,6 ming kishi doimiy yashash uchun xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida keltirildi.

Spot’ning aniqlik kiritishicha, fuqarolarning eng ko‘pi — 7013 nafari Qozog‘istonga ko‘chib ketgan. Undan keyingi o‘rinlarni Rossiya (2699 kishi) va Tojikiston (233 kishi) egalladi.

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi
2021 yilda doimiy yashash uchun xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 2019 va 2020 yillarning mos davriga nisbatan keskin oshdi. O‘sha vaqtlarda bu ko‘rsatkich 4 ming va 2,3 ming kishini tashkil etgan.
Xususan, Belarusga 28 nafar (2020 yilning mos davrida — 1 nafar), Ukrainaga 103 (9), Moldovaga 5 (0), Isroilga 77 (42), Tojikistonga 233 (14) nafar fuqaro ketgan.

O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar esa 2021 yil boshidan buyon 992 nafarni tashkil etgan. Bunda birinchi o‘rinni Qozog‘iston (356 kishi), ikkinchi o‘rinni Tojikiston (214 kishi), uchinchi o‘rinni esa Rossiya (170 kishi) band qilgan.

Qozog‘istonda etnik qozoqlarni qaytarish bo‘yicha dastur mavjud. Repatriantlar oralmanlar yoki qandaslar deyiladi. Ular muayyan imtiyozlarga, masalan, ish va uy-joy bilan ta’minlanish, pensiya olish, universitetlardagi kvotalar va boshqalarga ega bo‘ladi.

2020 yilda ular soni 12 ming nafardan ko‘p bo‘lgan bo‘lib, ularning 30 foizi O‘zbekistonning sobiq fuqarolaridir. Qozog‘istonga 1991 yildan buyon, taxminan, 1,7 million atrofida etnik qozoqlar qaytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 2021 yil boshidan buyon 10,6 ming kishi doimiy yashash uchun boshqa davlatlarga ko‘chib ketdi