21:53 / 28.07.2021
2 606

Mirziyoyev aholini COVID-19’ga qarshi emlanishga chaqirdi


Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistondagi epidemiologik holat yomonlashganini qayd etib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz».

O‘zbekistonda 27 iyul kuni 843 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi — bu pandemiya boshidan beri mamlakatda qayd etilgan eng yuqori kasallanish ko‘rsatkichidir. Shuningdek, kasallik asoratlari oqibatida 8 kishi vafot etgan (bu ham pandemiya boshidan beri qayd etilgan eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichi). Shu kuni 556 kishida pnevmoniya aniqlangan; SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 5 iyuldan beri O‘zbekistonda pnevmoniya oqibatida 60 kishi vafot etgan.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, O‘zbekiston mamlakatning har bir fuqarosi hayoti uchun kurashishda va buning uchun zarur vositalarni yo‘naltirishda davom etadi. Shavkat Mirziyoyev fuqarolar o‘z hayotlari va salomatliklari uchun mas’ul ekanliklarini yana bir bor eslatib o‘tgan.

Prezident aholini yana bir bor koronavirusga qarshi emlanishga chaqirib, O‘zbekiston 29 iyul kuni 3 million doza Moderna vaksinasini qabul qilib olishini bildirdi. Ushbu dori vositalari, avval xabar berilganidek, Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan COVAX dasturi orqali beg‘araz taqdim etilmoqda.

«Vaksina olganlar shifoxonadan to‘rt kunda chiqyapti, emlanmaganlarga esa juda og‘ir bo‘lyapti. Ha, vaksina olgandan keyin kasallanish mumkin, lekin kasallik yengil formada kechyapti», — deya qayd etib o‘tdi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirziyoyev aholini COVID-19’ga qarshi emlanishga chaqirdi