
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 899 kishida koronavirus aniqlangani, 516 kishi pnevmoniyaga chalingani, jami 10 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 2 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 131978 (+899) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 94 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 42 nafari Andijon viloyatida,
- 24 nafari Buxoro viloyatida,
- 97 nafari Jizzax viloyatida,
- 26 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 17 nafari Navoiy viloyatida,
- 32 nafari Namangan viloyatida,
- 93 nafari Samarqand viloyatida,
- 25 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 98 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 86 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 45 nafari Xorazm viloyatida,
- 99 nafari Toshkent viloyatida,
- 121 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 87 nafar,
- Buxoro viloyatida 37 nafar,
- Jizzax viloyatida 132 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 16 nafar,
- Namangan viloyatida 21 nafar,
- Samarqand viloyatida 80 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 31 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 100 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 93 nafar,
- Xorazm viloyatida 60 nafar,
- Toshkent viloyatida 78 nafar,
- Toshkent shahrida 109 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 125572 (+844) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 avgust kuni 516 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 11883taga yetdi. So‘nggi bir kunda ularning 324 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 4577 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 79 nafarni tashkil etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar