19:25 / 09.08.2021
4 704

Maktablarda o‘qish qay shaklda bo‘lishi ma’lum qilindi


Xalq ta’limi vazirligi yangi 2021-2022 o‘quv yilida maktablarda dars jarayoni gibrid shaklda davom ettirilishiga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.

Bunda maktabda yuzaga keladigan vaziyatga qarab, maktab Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari taklifiga asosan mahalliy kengashlar qarorlariga ko‘ra ayrim maktablar karantinga yopilib, masofaviy tizimga o‘tkazilishi mumkin.

Bunday holatlarda o‘quvchilar ta’limni vaqtincha masofaviy shaklda uydan davom ettiradi. O‘quvchining masofadan ta’lim olishiga imkoniyat yaratish maqsadida Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari orqali «Onlayn maktab» loyihasi doirasida efirga uzatilayotgan darslar davom ettiriladi.

«Shu o‘rinda Xalq ta’limi vazirligi an’anaviy ta’limni to‘liq tiklanishi uchun barcha tizim xodimlarini tezroq vaksina olishlarini so‘rab qoladi. Hech qanday eng zamonaviy masofaviy ta’lim tizimi ham bevosita maktabdagi ta’lim o‘rnini bosa olmaydi», deyiladi vazirlik xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Maktablarda o‘qish qay shaklda bo‘lishi ma’lum qilindi