Bugun O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi qaytadan boshlanadi

18 avgustda kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan nisbatan issiq havo kirib kelishi qaytadan boshlanadi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar qildi.
Respublika bo‘yicha kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimol va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-38 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Poytaxtda ob-havo quyoshli bo‘ladi. Havo 33-35 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27 daraja issiq bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing