16:01 / 17.09.2021
1 821

O‘zbekistonda kelasi hafta boshidan salqin tushishi kutilmoqda

O‘zbekistonda kelasi hafta boshidan salqin tushishi kutilmoqda
O‘zbekistonda 17—18 sentabr kunlari quyoshli va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi 35-37 darajagacha ko‘tariladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Shu bilan birga, 17 sentabr, juma kunidan boshlab Volga bo‘yi hududlaridan sovuq antisiklon kirib kelishi boshlanishi ma’lum qilindi.

Shanba kuniga kelib harorat 30-33 darajagacha, Ustyurtda 23-26 darajagacha pasayadi. Shimolda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.

19 sentabr, yakshanba kunidan boshlab sovuq front kirib kelishida quruq va salqin havo O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduz kuni 32-35 darajagacha, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida 22-27 darajagacha biroz pasayadi.

Keyingi haftaning boshida esa sovuq antisiklon ta’siri kuchayadi. Butun hududda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati barcha joylarda iqlimiy me’yorlargacha pasayadi, kechalari va ertalabki soatlarda 10-13 darajani, kunduz kunlari 26-29 darajani tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda kelasi hafta boshidan salqin tushishi kutilmoqda
[/banner_pushhouse