O‘zbekistonda 17—18 sentabr kunlari quyoshli va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi 35-37 darajagacha ko‘tariladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Shu bilan birga, 17 sentabr, juma kunidan boshlab Volga bo‘yi hududlaridan sovuq antisiklon kirib kelishi boshlanishi ma’lum qilindi.
Shanba kuniga kelib harorat 30-33 darajagacha, Ustyurtda 23-26 darajagacha pasayadi. Shimolda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.
19 sentabr, yakshanba kunidan boshlab sovuq front kirib kelishida quruq va salqin havo O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduz kuni 32-35 darajagacha, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida 22-27 darajagacha biroz pasayadi.
Keyingi haftaning boshida esa sovuq antisiklon ta’siri kuchayadi. Butun hududda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati barcha joylarda iqlimiy me’yorlargacha pasayadi, kechalari va ertalabki soatlarda 10-13 darajani, kunduz kunlari 26-29 darajani tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi