O‘zbekistonda havoning keskin sovib ketishi kutilmoqda. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati xabar qildi.
30 sentabrda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 1-3 oktabrda respublikaning qolgan hududlariga Volga bo‘yi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
1-3 oktabrda havo harorati kechalari asta-sekin 3-8° iliqgacha, kunduz kunlari 12-17° iliqgacha, shimolda kechalari 0-5° iliqgacha, kunduz kunlari 10-15° iliqgacha pasayadi.
1-2 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 3 oktabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, 2-3 oktabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.
30 sentabrda va 1-2 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?