11:55 / 08.10.2021
2 456

O‘zbekistonga dam olish kunlari sovuq havo oqimi kirishi kutilmoqda

O‘zbekistonga dam olish kunlari sovuq havo oqimi kirishi kutilmoqda
O‘zbekiston hududiga 9—11 oktabrda Kaspiy dengizi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Qayd etilishicha, havo harorati 10-12 darajaga pasayishi mumkin.

9—11 oktabrda kunduz kunlari harorat 10-13 daraja iliqni, 10—11 oktabrda kechalari 2-5 daraja iliqni tashkil etadi. Shimolda 9—10 oktabrda kechalari ba’zi joylarda 0-3 daraja sovuqqacha bo‘ladi.

Shu kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ko‘rinuvchanlik yomonlashadi.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonga dam olish kunlari sovuq havo oqimi kirishi kutilmoqda