Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi 12 oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Senatning yigirmanchi yalpi majlisini 20 oktabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, deb xabar bermoqda yuqori palata axborot xizmati.
Yalpi majlisda quyidagi qonunlar ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan:
- «Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi;
- «O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi;
- «2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida«gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi;
- «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi;
- «Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarning huquqlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida»gi;
- «Muzeylar to‘g‘risida«gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida»gi.
Bundan tashqari, bosh vazir o‘rinbosarining yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan axboroti eshitiladi.
«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining faoliyati, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatish holati, shu jumladan, boshqaruv kompaniyalarining faoliyati yuzasidan axborotlari tinglanishi ham rejada bor.
Majlisda O‘zbekistondagi avtomobil yo‘llari hamda sun’iy inshootlarning holati va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlashga doir qonun hujjatlarining ijro etilishi, qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasini rivojlantirish uchun ko‘rilayotgan choralar, qolaversa, koronavirus pandemiyasidan keyin turizmni tiklash va rivojlantirish holati yuzasidan hukumatga yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda aholi turar joylarida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish va boshqa masalalar ko‘rib chiqilishi reja qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi