1 934
O‘zbekistonda emlash boshlanganidan beri qancha aholi qaysi vaksina bilan emlangani ma’lum qilindi
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash boshlanganidan beri 10 million nafardan ortiq aholi ZF-UZ-VAC2001 bilan turli bosqichlarda emlandi, deb xabar beradi SSV matbuot xizmati.
Mamlakatda 7 oy mobaynida ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 20 557 091 dozasi emlash jarayonlarida foydalanilgan. Shundan:
- 10 369 913 dozasi 1-bosqichda,
- 5 929 066 dozasi 2-bosqichda,
- 4 258 112 3-bosqichda bo‘lib, jami qo‘llanilgan vaksinaning 78 foizini tashkil qilmoqda.
Emlanishi ko‘zda tutilgan aholi qatlamlari orasida:
- 65 yoshdan oshgan fuqarolar — 1 312 937 doza,
- tibbiyot xodimlari — 621 243 doza,
- maktab o‘qituvchilari — 1 136 886 doza,
- MTM xodimlari — 438 186 doza,
- surunkali kasalligi bor fuqarolar — 1 782 408 doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlangan. Vaksinaning qolgan qismi boshqa aholi qatlamlarida qo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz, Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan o‘zbek-xitoy vaksinasining 1 458 820 dozadan iborat birinchi partiyasi 30-sentabr kuni topshirilgandi. 13-oktabr kuni ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining ikkinchi partiyasi ishlab chiqarilgan va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga yetkazib berilgan edi. 21-oktabrda esa O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 2,7 milliondan ortiq dozasi emlash uchun topshirilgan.
Shuningdek, emlash boshlanganidan beri 274 ming nafardan ortiq aholi «Sputnik V» bilan turli bosqichlarda emlangan. Rossiyada ishlab chiqarilgan ikki komponentli «Sputnik V» vaksinasi ham mamlakatga emlash jarayonlari boshlangan ilk oylarda keltirilgan. Bugunga kelib uning 498 406 dozasidan emlash jarayonlarida foydalanilgan. Shundan:
- 274 821 dozasi 1-bosqichda,
- 223 585 dozasi 2-bosqichda bo‘lib, jami qo‘llanilgan vaksinaning 2 foizini tashkil qilmoqda.
Emlanishi ko‘zda tutilgan aholi qatlamlari orasida:
- 65 yoshdan oshgan fuqarolar — 138 651 doza,
- tibbiyot xodimlari — 86 763 doza,
- maktab o‘qituvchilari — 891 doza,
- MTM xodimlari — 188 doza,
- surunkali kasalligi bor fuqarolar — 146 494 doza «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangan. Vaksinaning qolgan qismi boshqa aholi
qatlamlarida qo‘llangan.
Sentabr oyida O‘zbekistonning Jurabek Laboratories korxonasi «Sputnik V» vaksinasini seriyali ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan, oktabr oyi o‘rtalarida preparat ichki bozorga chiqarilishi aytilgan va 12-oktabrda vaksinasi 1- va 2- komponentlarining dastlabki 260 500 dozasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga topshirilgandi. Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan korxonada ishlab chiqarish quvvati dastlabki bosqichda oyiga 2 million preparatni tashkil etadi. Shuningdek, aprel oyidan boshlab «Sputnik V» Rossiyadan ham yetkazib berilmoqda.
SSV ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 1 noyabrga qadar AstraZeneca vaksinasining 1 448 211 dozasidan emlash jarayonlarida foydalanilgan. Shundan:
- 798 703 dozasi 1-bosqichda,
- 649 508 dozasi 2-bosqichda bo‘lib, jami qo‘llanilgan vaksinaning 5 foizini tashkil qilmoqda.
Emlanishi ko‘zda tutilgan aholi qatlami orasida:
- 65 yoshdan oshgan fuqarolar — 360 522 doza,
- tibbiyot xodimlari — 279 461 doza,
- maktab o‘qituvchilari — 23 493 doza,
- MTM xodimlari — 7 194 doza,
- surunkali kasalligi bor fuqarolar — 35 052 doza AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan. Vaksinaning qolgan qismi boshqa aholi qatlamlarida qo‘llangan.
Ma’lumot uchun, 11-sentabr kuni Germaniyadan 356 ming doza AstraZeneca, 13-sentabr kuni esa Polshadan 252 ming doza AstraZeneca vaksinasi keltirilgan edi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda hozirga qadar Moderna vaksinasining 2 865 418 dozasidan emlash jarayonlarida foydalanilgan. Shundan:
- 1 493 482 dozasi 1-bosqichda,
- 1 371 936 dozasi 2-bosqichda bo‘lib, jami qo‘llanilgan vaksinalarning 11 foizini tashkil qilmoqda.
Emlanishi ko‘zda tutilgan aholi qatlamlari orasida:
- 65 yoshdan oshgan fuqarolar — 57 358 doza,
- tibbiyot xodimlari — 24 409 doza,
- maktab o‘qituvchilari — 35 617 doza,
- MTM xodimlari — 11 465 doza,
- surunkali kasalligi bor fuqarolar — 108 488 doza Moderna vaksinasi bilan emlangan. Vaksinaning qolgan qismi boshqa aholi qatlamlarida qo‘llangan.
Bundan tashqari, AQSHda ishlab chiqarilgan Pfizer vaksinasining 1 015 920 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan. Shundan:
- 672 103 dozasi 1-bosqichda,
- 343 817 dozasi 2-bosqichda bo‘lib, jami qo‘llanilgan vaksinaning 4 foizini tashkil qilmoqda.
- 65 yoshdan oshgan fuqarolar — 15 372 doza,
- Tibbiyot xodimlari — 2 371 doza,
- Maktab o‘qituvchilari — 2 544 doza,
- MTM xodimlari — 1 030 doza,
- Surunkali kasalligi bor fuqarolar — 17 146 doza Pfizer vaksinasi bilan emlangan. Vaksinaning qolgan qismi boshqa aholi qatlamlarida qo‘llangan.
Shuningdek, 12-18 yoshli bolalar, 1-noyabr holatiga ko‘ra, 190 561 doza Pfizer vaksinasi bilan emlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 28-sentabridan O‘zbekiston bosh davlat sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasining qaroriga asosan, mamlakatda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash yo‘lga qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, mamlakatda aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1-apreldan boshlandi. Emlash ixtiyoriy va bepul, vaksina olishdan bosh tortganlarga hech qanday chora ko‘rilmaydi. Iyun oxiridan boshlab esa Toshkentda 18 yoshdan oshganlar koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlangandi.
Shu bilan birga, O‘zbekistonga Xitoyning koronavirusga qarshi Sinovac vaksinasi keltirilishi mumkinligi haqida 2021-yilning may oyida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ma’lum qilgandi. «Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, COVAX dasturi doirasida Xitoyning ‘Sinofarm’ firmasida ishlab chiqarilgan vaksina — Sinovac vaksinasi O‘zbekistonga olib kelinishi ehtimoli bor», — degan edi u AOKAda o‘tkazilgan brifingda. 13-oktabr kuni esa Turkiya hukumati tomonidan O‘zbekistonga beg‘araz yordam sifatida COVID-19 ga qarshi Xitoyda ishlab chiqarilgan 200 ming doza Sinovac vaksinasi olib kelingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...