22:17 / 08.11.2021
2 030

Navoiydagi YTHda halok bo‘lgan 3 nafar bank xodimi dam olish kuni ishga jalb qilingani aytilmoqda. Mehnat vazirligi holatni o‘rganishni boshladi

Navoiydagi YTHda halok bo‘lgan 3 nafar bank xodimi dam olish kuni ishga jalb qilingani aytilmoqda. Mehnat vazirligi holatni o‘rganishni boshladi
Navoiy viloyatining Nurota tumanida 6-noyabr kuni yuz bergan YTHda 8 kishi halok bo‘lgani, ularning 3 nafari bank xodimi ekani ma’lum qilingandi. Ular dam olish kuni ishga jalb qilingani aytilmoqda.

Ma’lumki, 6-noyabr, shanba kuni, «Xalq banki» tizimida ham rasman dam olish kuni. Biroq «Effect.uz»ning amaliyotchi yurist Saidali Muxtoraliyevga tayanib yozishicha, marhum xodimlar yuqori turuvchi rahbarlar bergan topshiriqlarni bajarish uchun dam olish kunida ishga chiqishga majbur bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, shanba kuni ular ertalabdan viloyat filialidagi norasmiy yig‘ilishga chaqirilgan. Lekin o‘rtada biror-bir rasmiy xat yoki dam olish kuni ishga chiqish, mehnat majburiyatlari bilan shug‘ullanish haqida buyruq yoki qaror bo‘lmagan.

«Xalq banki» matbuot xizmatining holat yuzasidan bildirgan munosabatida marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirilgan, ammo qo‘shimcha tafsilotlar, ya’ni nega aynan dam olish kuni xodimlari bilan bunday holat yuzaga kelgani haqida hozircha izoh keltirmagan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan Navoiy viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari boshlandi. O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 8 kishining halok bo‘lishiga olib kelgan ushbu YTH qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan ikkita Nexia to‘qnashuvi oqibatida yuz bergan. Mashinalarning biri yo‘l chetiga ag‘darilgan, ikkinchisi esa yonib ketgan.

Avtohalokat oqibatida «Xalq banki» Nurota tuman filialining boshqaruvchisi T.P. (29 yosh), bosh hisobchisi M.S. (40 yosh) hamda monitoring bo‘limi boshlig‘i Yu.R. (32 yosh) voqea joyida vafot etgan. Yonib ketgan mashinada 5 kishi bo‘lgan va ular ham voqea joyida halok bo‘lgan.

Ushbu YTH yuzasidan Navoiy viloyati IIB YHXB hozircha rasmiy ma’lumot bermagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Navoiydagi YTHda halok bo‘lgan 3 nafar bank xodimi dam olish kuni ishga jalb qilingani aytilmoqda. Mehnat vazirligi holatni o‘rganishni boshladi