
Respublika Gidrometeorologiya markazi yangi hafta boshida O‘zbekistonda harorat keskin sovib, qor yog‘ishidan ogohlantirdi.
«O‘zgidromet»ning 15-noyabr kuni uchun prognozlariga ko‘ra, O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab, biroz yomg‘ir yog‘adi kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 9-11 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi esa 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi esa 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi esa 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi esa 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylada yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi esa 1-6 daraja iliq bo‘ladi.
«O‘zgidromet» hafta boshida havo keskin sovib, qor yog‘ishidan ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, 16-noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17–18-noyabr kunlari respublikaning barcha hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi.
16–17-noyabrda respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda changli bo‘ron bo‘ladi.
16-noyabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 17-noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi, 17–18-noyabrda tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha harorat keskin pasayishi kutilmoqda. 16–17-noyabrda shimolda, 17–18-noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida harorat kechalari 5-8 darajagacha sovuq, kunduz kunlari esa 0-3 darajagacha iliq, shimolda kechalari 12-15 darajagacha sovuq, kunduz kunlari 0-3 darajagacha havo harorati pasayadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar