15:31 / 18.11.2021
2 434

O‘zbekistonda havo sovishi natijasida cheklovlar joriy qilingan gaz zapravkalari jadvali e’lon qilindi

O‘zbekistonda havo sovishi natijasida cheklovlar joriy qilingan gaz zapravkalari jadvali e’lon qilindi
17-noyabrdan boshlab O‘zbekistondagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga vaqtinchalik cheklov o‘rnatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. «Gazeta.uz» AGTKSHlarga gaz ta’minotining viloyatlar kesimida cheklanish jadvali bilan bo‘lishdi.

Energetika vazirligi magistral va taqsimlovchi gaz quvurlari ishida texnologik rejim buzilishlarining oldini olish maqsadida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida kechki va tungi vaqtlar oralig‘ida cheklovlar joriy qilinishini eslatib o‘tgan.

Bunday chora Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan bugungi kunda gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga bunday cheklovlar viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan joriy qilinmoqda. «O‘ztransgaz» AJning ma’lum qilishicha, Jizzax viloyatidagi 68 ta gaz quyish shoxobchasida soat 17:00 dan 23:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Ushbu jadval havo harorati keskin pasayganda kuchga kiradi.

AGTKSHlarga gaz ta’minotining viloyatlar kesimida cheklanish jadvali:

- Andijon viloyati — soat 16:00 dan 05:00 ga qadar;
- Jizzax viloyati — soat 17:00 dan 23:00 ga qadar;
- Navoiy viloyati — soat 19:00 dan 06:00 ga qadar;
- Namangan viloyati — soat 18:00 dan 06:00 ga qadar;
- Samarqand viloyati — soat 15:00 dan 23:00 ga qadar;
- Sirdaryo viloyati — soat 17:00 dan 23:00 ga qadar;
- Surxondaryo viloyati — soat 17:00 dan 23:00 ga qadar;
- Toshkent viloyati — soat 16:00 dan 22:00 ga qadar.
«Bundan maqsad, birinchi navbatda, tabiiy gaz yetkazib berilishi muhim hisoblangan aholi, shifoxona, maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti kabi ahamiyatga ega muassasalar, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yirik stansiyalarning tabiiy gaz ta’minotida barqarorligini ta’minlashdan iborat», — deyiladi Energetika vazirligi xabarda.

Vazirlik vaqtinchalik cheklov choralari havo harorati biroz ko‘tarilgunga qadar davom etishini hamda AGTKSH tez orada avvalgi tartibda ishlash rejimiga o‘tishini qo‘shimcha qilgan. Bundan tashqari, cheklovlar shoxobchalarning ish vaqtiga nisbatan qo‘llaniladi va hajmlarga taalluqli emas.

Avvalroq «Daryo» muxbiri so‘nggi kunlarda Farg‘ona viloyatidagi metan zapravkalar oldida navbatlar yuzaga kelishni boshlagani, ayrim avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari esa vaqtincha faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning yanvarida O‘zbekistondagi barcha gaz zapravkalari havoning keskin sovishi oqibatida ma’lum muddat soat 15:00 dan 05:00 gacha yopilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda havo sovishi natijasida cheklovlar joriy qilingan gaz zapravkalari jadvali e’lon qilindi