
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanining birinchi hokimi (1991–1993) Abdurahmon Ashurov vafot etdi. Bu haqda marhum shu kungacha faoliyat yuritgan «Alskom» sug‘urta kompaniyasi «Daryo»ga xabar qildi.
Abdurahmon Ashurov 1949-yil Kitob tumanida tug‘ilgan. 1972-yilda Toshkent politexnika universitetini tamomlagan. 1991–1993-yillarda Kitob tumani birinchi hokimi, 1993–1998-yillarda Qashqadaryo viloyati hokimligi savdo-sanoat va ijtimoiy rivojlanish bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan.
2008-yildan hozirgacha «Alskom» sug‘urta kompaniyasining Qashqadaryo bo‘limi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar