
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida endokrin kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Davlat rahbarining topshirig‘iga ko‘ra ikki oy sohadagi haqiqiy ahvol o‘rganilgan. Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev endokrinologiya xizmatini takomillashtirish bo‘yicha ko‘riladigan birinchi galdagi chora-tadbirlarni belgilab berdi.
Bular:
- kelgusi yildan 40 yoshdan oshgan barcha aholi (10 million nafar) yiliga kamida bir marta manzilli endokrin skriningdan o‘tkaziladi;
- tibbiyot brigadalari va poliklinikalarning 14 mingdan ziyod oilaviy va ta’lim muassasalari shifokorlari endokrin kasalliklarni aniqlash va birlamchi yordam ko‘rsatishga o‘qitiladi;
- har bir tibbiyot brigadasi ekspress-testlar o‘tkazish uchun glyukometr bilan ta’minlanadi;
- Endokrin kasalliklar aniqlangan aholining yagona elektron reyestri ishga tushiriladi;
- kelgusi yil 1 iyuldan 2 million nafar ayollar, 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan bepul ta’minlanadi;
- qandli diabet uchun metformin preparati 200 mingdan ziyod ehtiyojmand aholiga bepul tarqatiladi;
- bolalar va kattalarni odam insulini bilan bepul ta’minlash dasturi davom ettiriladi. Bunda ilk bor 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga analogli insulin beriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar