Kelayotgan haftada respublikada havo harorati pasayishi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lishi ma’lum qilindi.
13 dekabr kuni Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Lekin boshqa hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. Bu haqda gidrometeorolog Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 13 dekabrdan boshlab respublikaga shimoli-g‘arbdan sovuq havo oqimlari kirib keladi. Natijada havo harorati hozirgi o‘rtacha sutkalik haroratdan biroz pasayadi.
“14 dekabr kuni Surxondaryo viloyati janubi va Farg‘ona vodiysining g‘arbiy va markaziy qismlarida kuchli g‘arbiy shamollar esadi. Shamol oqimi havodagi nisbiy namlikni biroz quritadi. Yog‘ingarchilik bo‘lishi uchun havoda nisbiy namlik yuqori va yog‘ingarchilik bo‘lishi uchun sharoit bo‘lishi kerak. Ushbu hududlarda 3 kun ichida yog‘ingarchilik kuzatilmasligi ehtimoli yuqori. Surxondaryo viloyati janubi va vodiy viloyatlari markaziy qismlaridan boshqa hududlarda asosan yomg‘ir yog‘adi va u qorga aylanishi ham mumkin. Baland tog‘larda qor yog‘adi.
14 dekabrda kunning 2-yarmidan O‘zbekistonga sovuq antisiklon kirib keladi. Bunda havo soviy boshlaydi. Bu jarayon 16 dekabrga qadar davom etishi kutilmoqda. Havo harorati kechqurun -1 -6 daraja sovuq, kunduzi +2 +7 daraja iliq atrofida bo‘ladi”, dedi mutaxassis.
Erkin Abdulahatovning aytishicha, kelayotgan haftada O‘zbekiston ob-havosi 3 jarayon asosida shakllanadi.
“Nam havo oqimi, sovuq havo oqimi va antisiklon. Bu 3 jarayon kelgusi hafta joylardagi havo harorati va yog‘ingarchiliklarni belgilaydi. 15-16 dekabr kunlari respublikaning aksariyat hududlarida tuman tushadi”, dedi iqlimshunos. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...