
Prezident farmoni bilan 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi, deya xabar qilmoqda Telegram’dagi «Nigoh» kanali.
Qayd etilishicha, barcha xodimlar (ish haftasining turidan qat’i nazar) 3 yanvar — dushanba, 22 mart — seshanba, 23 mart — chorshanba, 11 iyul — dushanba va 2 sentabr — juma kunlari dam oladi.
Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 4 yanvar — seshanba, 4 may — chorshanba, 5 may — payshanba, 12 iyul — seshanba, 3 sentabr — shanba va 31 dekabr — shanba dam olish kuni hisoblanadi.
Shuningdek, 2022 yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chirildi:
8 yanvar — shanba kunidan 4 yanvar — seshanba kuniga;
7 may — shanba kunidan 4 may — chorshanba kuniga;
14 may — shanba kunidan 5 may — payshanba kuniga;
16 iyul — shanba kunidan 12 iyul — seshanba kuniga.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar Navro‘z bayramida ketma-ket 3 kun, mustaqillik bayrami munosabati bilan esa 5 kun dam olgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar