1 230
Elektr energiyasi va gaz bozorini tartibga soluvchi mustaqil organ tashkil qilinadi
Energiya resurslari va tabiiy gaz bozorlarini erkinlashtirib, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun ijtimoiy iste’mol normalarini kiritish rejalashtirilmoqda.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, energetika sohasida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, barcha ishtirokchilarga teng imkoniyatlar berish va narxlarni shakllantirishning shaffof mexanizmlarini joriy qilish mo‘ljallangan.
Bunda, elektr energiyasi va tabiiy gazning raqobatli bozorini tartibga soluvchi mustaqil organ - regulyatorni, yagona xarid qiluvchi funksiyasini bajaruvchi kompaniyani, milliy dispetcherlik markazini tashkil qilish nazarda tutiladi.
Xalqaro moliya institutlarining (Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki) ekspertlar va konsultantlar bilan birgalikda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi: yangi tahrirdagi “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi; “Tabiiy gaz to‘g‘risida”gi qonun loyihasi.
Magistral elektr tarmoqlari kodeksi (GrId Code) va taqsimlovchi tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish, iste’molchilarni tarmoqqa ulash, tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilashni nazarda tutgan holda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni o‘zida mujassamlashtirgan Taqsimlash tarmoqlari qoidalari (Distribution Code) tasdiqlanadi.
Ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun energiya resurslari bo‘yicha ijtimoiy iste’mol normalari kiritiladi. Bunda:
- xalqaro ekspertlar va moliya institutlari ko‘magida mazkur yo‘nalishda xalqaro tajribani o‘rganish va tahlil qilish;
- ehtiyojmand aholi uchun energiya resurslarini ijtimoiy iste’mol normalari bo‘yicha asoslangan takliflarni ishlab chiqish;
- kelishilgan takliflarni (tabaqalashgan tariflarni joriy etish yuzasidan) Vazirlar Mahkamasiga kiritish va reja-jadvalni qabul qilish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”