19:33 / 06.01.2022
1 453

Xorijga chiqish pasportini My.gov.uz orqali olish tartibi belgilandi

Xorijga chiqish pasportini My.gov.uz orqali olish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (5-son, 05.01.2022 y.) bilan Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Ma’muriy reglamentga ko‘ra, xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun fuqarolar arizani o‘z xohishiga ko‘ra quyidagilardan biriga berishi mumkin:

● IIVning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga kelgan holda;
● davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda;
● Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali.

Ariza berishda so‘rovnoma to‘ldiriladi, so‘rovnomada xato ma’lumotlar ko‘rsatilganda yoki hujjatlar to‘liq bo‘lmaganida, kamchiliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kuni beriladi, xatolar bartaraf etilmasa so‘rovnoma rad etiladi.

Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun 3 ish kunida davlat bojini to‘laydi. (BHMning 1,2 baravari – 324 ming so‘m, 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarga BHMning 80 foizi – 216 ming so‘m).

Ariza beruvchi arizasi qabul qilinganligi va fotosuratga tushish hamda qo‘l barmoq elektron izlarini olish uchun kelish kuni haqida 1 ish kunida xabardor qilinadi. Xorijga chiqish biometrik pasporti 10 ish kunida beriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xorijga chiqish pasportini My.gov.uz orqali olish tartibi belgilandi