1 225
Kambag‘al aholiga yordam faqat ijtimoiy himoya yagona reyestri orqali taqdim etiladi
Hududlar, shaharlar va tumanlar kesimida kambag‘al toifadagi oilalar, ayollar va yoshlarning yagona elektron hisobga olish tizimini yaratish, kambag‘allikning qayta tiklanish xavfini bartaraf etish rejalashtirilmoqda.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash tizimi avtomatlashtiriladi. “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” ijtimoiy himoya yagona reyestriga integratsiya qilinadi.
Kambag‘al aholi va kambag‘allik riskiga tushish ehtimoli yuqori aholiga taqdim etiladigan yordamlarni faqat ijtimoiy himoya yagona reyestri orqali amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, aholini kambag‘allikdan chiqarish yo‘nalishida mavjud instrumentlarni yanada takomillashtirish va manzilliligini ta’minlash mo‘ljallangan.
Biznesning ijtimoiy mas’uliyati rag‘batlantiriladi. Bunda, birinchi navbatda, mehnat jamoasiga munosib oylik maoshlarni belgilash va ularga qo‘shimcha “ijtimoiy paket”lar taqdim etish, shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirib borish hisobiga qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish masalalariga e’tibor qaratiladi.
Aholining ehtiyojmand qatlami tarkibini monitoring va baholab borish, ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish mezonlarini hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini inobatga olib takomillashtirish mexanizmlarini tatbiq qilish ishlari amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar