10:22 / 21.01.2022
973

O‘zbekistonda ketma-ket uchinchi kun antirekord — bir sutkada 1321 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda ketma-ket uchinchi kun antirekord — bir sutkada 1321 kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda 20 yanvar kuni 1321 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 210 899 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining
41 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
34 nafari Andijon viloyatida,
51 nafari Buxoro viloyatida,
53 nafari Jizzax viloyatida,
34 nafari Qashqadaryo viloyatida,
18 nafari Navoiy viloyatida,
60 nafari Namangan viloyatida,
41 nafari Samarqand viloyatida,
22 nafari Sirdaryo viloyatida,
50 nafari Surxondaryo viloyatida,
173 nafari Farg‘ona viloyatida,
62 nafari Xorazm viloyatida,
158 nafari Toshkent viloyatida,
524 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Ta’kidlash kerakki mamlakatda ketma-ket uch kundan buyon kasallanish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilmoqda — 18 yanvar 1214 kishida, 19 yanvarda esa 1307 kishida COVID-19 tasdiqlangan edi.

Shu kun davomida 466 kishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 21 nafar, Andijon viloyatida 19 nafar, Buxoro viloyatida 53 nafar, Jizzax viloyatida 17 nafar, Qashqadaryo viloyatida 11 nafar, Navoiy viloyatida 4 nafar, Namangan viloyatida 13 nafar, Samarqand viloyatida 28 nafar, Sirdaryo viloyatida 10 nafar, Surxondaryo viloyatida 20 nafar, Farg‘ona viloyatida 25 nafar, Xorazm viloyatida 12 nafar, Toshkent viloyatida 109 nafar, Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 201 712 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1532 nafarni tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda ketma-ket uchinchi kun antirekord — bir sutkada 1321 kishida koronavirus aniqlandi