11:25 / 22.01.2022
1 023

O‘zbekistonda qatorasiga to‘rtinchi kun antirekord qayd etildi

O‘zbekistonda qatorasiga to‘rtinchi kun antirekord qayd etildi
O‘zbekistonda 21 yanvar kuni 1390 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 212 289 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining
57 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
41 nafari Andijon viloyatida,
59 nafari Buxoro viloyatida,
53 nafari Jizzax viloyatida,
26 nafari Qashqadaryo viloyatida,
22 nafari Navoiy viloyatida,
45 nafari Namangan viloyatida,
39 nafari Samarqand viloyatida,
19 nafari Sirdaryo viloyatida,
77 nafari Surxondaryo viloyatida,
142 nafari Farg‘ona viloyatida,
51 nafari Xorazm viloyatida,
183 nafari Toshkent viloyatida,
576 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Ta’kidlash kerakki mamlakatda ketma-ket to‘rt kundan buyon kasallanish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilmoqda — 18 yanvar 1214 kishida, 19 yanvarda 1307 kishida, 20 yanvar kuni esa 1321 kishida COVID-19 tasdiqlangan edi.

Shu kun davomida 437 kishi: Andijon viloyatida 16 nafar, Buxoro viloyatida 60 nafar, Jizzax viloyatida 14 nafar, Qashqadaryo viloyatida 18 nafar, Namangan viloyatida 19 nafar, Samarqand viloyatida 20 nafar, Sirdaryo viloyatida 66 nafar, Surxondaryo viloyatida 20 nafar, Farg‘ona viloyatida 15 nafar, Toshkent viloyatida 77 nafar, Toshkent shahrida 132 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 202 149 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1536 nafarni tashkil qilmoqda. Bundan tashqari, o‘tgan bir sutka ichida 289 nafar kishida pnevmoniya aniqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda qatorasiga to‘rtinchi kun antirekord qayd etildi