O‘zbekistonda 22 yanvar kuni 1478 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 213 767 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Yangi kasallanish holatlarining:
59 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
61 nafari Andijon viloyatida,
64 nafari Buxoro viloyatida,
49 nafari Jizzax viloyatida,
29 nafari Qashqadaryo viloyatida,
20 nafari Navoiy viloyatida,
55 nafari Namangan viloyatida,
37 nafari Samarqand viloyatida,
21 nafari Sirdaryo viloyatida,
73 nafari Surxondaryo viloyatida,
182 nafari Farg‘ona viloyatida,
38 nafari Xorazm viloyatida,
192 nafari Toshkent viloyatida,
598 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ta’kidlash kerakki, mamlakatda ketma-ket besh kundan buyon kasallanish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilmoqda — 18 yanvar 1214 kishida, 19 yanvarda 1307 kishida, 20 yanvar kuni 1321 kishida, 21 yanvar kuni 1390 kishida COVID-19 tasdiqlangandi.
So‘nggi sutkada 1126 kishi: Andijon viloyatida 75 nafar, Buxoro viloyatida 22 nafar, Jizzax viloyatida 85 nafar, Qashqadaryo viloyatida 53 nafar, Navoiy viloyatida 29 nafar, Namangan viloyatida 47 nafar, Samarqand viloyatida 78 nafar, Sirdaryo viloyatida 57 nafar, Surxondaryo viloyatida 58 nafar, Farg‘ona viloyatida 173 nafar, Xorazm viloyatida 81 nafar, Toshkent viloyatida 116 nafar, Toshkent shahrida 252 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 203 275 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1540 nafarni tashkil qildi. Shuningdek, 296 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi