O‘zbekistonda 30 yanvar kuni 1089 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 223 008 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Yangi kasallanish holatlarining
53 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
30 nafari Andijon viloyatida,
38 nafari Buxoro viloyatida,
29 nafari Jizzax viloyatida,
32 nafari Qashqadaryo viloyatida,
19 nafari Navoiy viloyatida,
27 nafari Namangan viloyatida,
62 nafari Samarqand viloyatida,
20 nafari Sirdaryo viloyatida,
49 nafari Surxondaryo viloyatida,
109 nafari Farg‘ona viloyatida,
33 nafari Xorazm viloyatida,
116 nafari Toshkent viloyatida,
472 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
So‘nggi sutkada 145 kishi: Andijon viloyatida 11 nafar, Buxoro viloyatida 34 nafar, Jizzax viloyatida 8 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar, Navoiy viloyatida 12 nafar, Namangan viloyatida 3 nafar, Surxondaryo viloyatida 3 nafar, Xorazm viloyatida 7 nafar, Toshkent viloyatida 10 nafar, Toshkent shahrida 52 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 210 167 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda mamlakatda kunlik tuzalish holatlari keskin pasaygan. Xususan, 29 yanvar kuni 242 kishi, 28 yanvar kuni esa 363 kishi koronavirusdan tuzalgan. Undan oldingi kunlari kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichi ming kishidan oshayotgandi — 27 yanvar kuni 1399 kishi, 26 yanvar kuni 1291 kishi, 25 yanvar kuni 1232 kishi.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1564 nafarni tashkil qilmoqda. Bundan tashqari, o‘tgan bir sutka ichida yana 203 nafar kishida pnevmoniya aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi