«O‘zgidromet» 13 fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra:
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq; Ustyurtda 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 4-9 daraja iliq; cho‘l hududlarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi