Respublika Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlarida O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat kunning birinchi yarmida Surxondaryo viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Samarqand viloyati, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, respublikaning tog‘ oldi hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati 13-18° iliq atrofida bo‘ladi.
Qish faslining oxirigi kunlarida Eron hududlaridan havo kirib kelishi kuchayishi hisobiga O‘zbekistonda qish fasliga hos bo‘lmagan juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kunlari 17-22° iliqgacha, janubda 23-25° iliqgacha ko‘tariladi, bu ushbu kunlarning iqlimiy me’yorlaridan 8-10° ga yuqoridir.
Respublika hududining kattta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat shimoliy hududlarga 27 fevral kuni Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Yakshanba kuni Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.
28 fevralda respublikaning barcha hududlarini nam havo massasi qamrab oladi, respublikaning ko‘pchilik hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kungi harorat biroz pasayadi, ammo qish faslining oxiri uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan yuqori bo‘ladi.
25-28 fevral kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari