
«Ta'lim tizimining barcha pogʻonalarida oʻqishga intilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlaymiz va ularga sharoit yaratamiz», dedi Prezident.
Qayd etilishicha, 2022-2026 yillarga moʻljallangan Xotin-qizlar ta'limini qoʻllab-quvvatlash dasturi qabul qilinadi.
Dastur doirasida poytaxtda asosan xotin-qizlarni oʻqitish uchun davlat-xususiy sherikchilik asosida toʻqimachilik sohasida alohida universitet tashkil etiladi. Joylarda uning texnikumlari ham ochiladi.
Shuningdek, ayni paytda ayollarimiz ulushi past boʻlgan aniq fanlar, texnika va huquqshunoslik yoʻnalishidagi OTMlarda xotin-qiz talabalar ulushi hozirgi 24 foizdan 40 foizgacha etkaziladi.
Buning uchun har yili xotin-qizlarning talaba boʻlishiga kvotaning kamida 50 foizi aniq fanlar, texnika va huquqshunoslik yoʻnalishlari uchun maqsadli ajratiladi.
Yangi oʻquv yilidan boshlab oliygoh, texnikum va kollejlarda oʻqiyotgan qizlarga ta'lim kontraktlarini toʻlash uchun, ilk marotaba, 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinadi.
«Bu imkoniyat hali bizning tariximizda umuman boʻlmagan», dedi davlatimiz rahbari.
Qizlarning o‘qishi1Foizsiz kredit1To‘qimachilik sohasi1Taʼlim tizimi1 O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing