Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki hafta muddatda Davlat boshqaruvida ayollar faolligini oshirish dasturini ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi.
Misol uchun, davlat idoralarida ishlayotgan rahbar ayollar ulushi 10 foizdan oshmaydi.
«Ayollar ishlagan va rahbarlik qilgan joylarda tartib, adolat, halollik, madaniyat yuqori bo‘lishi hech kimga sir emas. Shu bois, har bir vazirlik, davlat kompaniyasi, bank va boshqa idoralar bir-ikki yil ichida o‘z tizimidagi ayollarni rahbarlikka o‘qitib, kamida 1 nafar o‘rinbosarini ham ayollardan qo‘yadi», — dedi davlatimiz rahbari.
Oliygohlar, tibbiyot markazlarida ham xuddi shunday yondashuv bo‘ladi. Soliq, moliya, bank, sug‘urta, iqtisodiyot idoralarida ayollar ulushini kamida 30 foizga yetkazish lozim.
Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar ayollarni tayyorlash bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi va har yili kamida 100 nafar ayollar o‘qitiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari