1 062
O‘zbekistonda davlat xizmatchilariga qator taqiqlar belgilangan qonun loyihasi qabul qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yig‘ilishida «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi va uchinchi o‘qishlarda ma’qullanib, Senatga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyevning yozishicha, qonun loyihasi bilan O‘zbekiston davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat idoralarida mehnat qilayotgan 120 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati, ularning maqomi hamda huquq va majburiyatlari, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga kirish hamda ushbu tizimda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid munosabatlarni tartibga solish ko‘zda tutilmoqda.
Qonun loyihasiga muvofiq, endilikda vakolatli organ (Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi yoki xalq tilida «Argos») tomonidan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri yuritiladi hamda reyestrga kiritilgan lavozimlarga davlat xizmatchilari ochiq tanlov asosida tayinlanadi.
Reyestrga kiritilgan davlat fuqarolik lavozimlari guruh va toifalarga ajratilib, davlat xizmatchisiga uning lavozim guruhi va toifasidan kelib chiqib, malaka darajalari (chin) beriladi.
Vakolatli davlat organi tomonidan davlat xizmatchisi faoliyatini baholashning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi hamda davlat xizmatchisining munosib rag‘batlantirilishi va xizmat pog‘onasida ko‘tarilishi ana shu baholash tizimi natijalari asosida ta’minlanadi.
Shuningdek, qonun bilan davlat xizmatchisiga o‘zining daromadi va mol-mulki to‘g‘risida deklaratsiya topshirish (deklaratsiya topshirish tartibi va muddati alohida qonun bilan belgilanadi), o‘z xizmat faoliyatiga tashqi ta’sirlar oldini olish hamda o‘z vakolatidan foydalangan holda jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatiga noqonuniy ta’sir o‘tkazmaslik majburiyatlarii yuklanmoqda.
Bundan tashqari, qabul qilingan qonun loyihasida davlat fuqarolik xizmatchisiga quyidagilar taqiqlanmoqda:
- o‘zaro yaqin qarindoshlik yoki quda-andachilikda bo‘lgan shaxslar bevosita bo‘ysunuv va nazorati ostidagi davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash;
- pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish;
- tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish yoki tadbirkorlik faoliyati tashkil etib, uning muassisi bo‘lish;
- o‘z mavqeyidan foydalanib yoki o‘z xizmat vazifasini bajarish evaziga jismoniy va yuridik shaxslardan har qanday turdagi mukofot yoki sovg‘a olish;
- chet el fuqaroligiga ega bo‘lish;
- respublika hududidan tashqarida bank hisobvaraqlari ochish, ko‘chmas va boshqa mol-mulkka egalik qilish.
G‘aniyevning ta’kidlashicha, qonun loyihasi ahamiyatidan kelib chiqib, uni takomillashtirish va ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida ko‘plab deputatlar faol ishtirok etib, o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surgan.
«Umid qilamanki, mazkur qonunning qabul qilinib, ijroga qaratilishi mamlakatimizda davlat fuqarolik xizmatlari sifatini tubdan isloh qilishga, tizimda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini kamaytirishga, shuningdek, aholi orasida davlat xizmatchisi lavozimining jozibasini oshirib, iste’dodli va munosib fuqarolarga davlat xizmatchisi lavozimlariga kirish uchun teng imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qiladi», — deydi deputat. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari